Xabaringiz bor, portugaliyalik 33 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu “Real”ni tark etib, “Yuventus” safiga borib qo‘shilgandi. Ronaldu Turin klubi rahbariyatiga jamoa tarkibini kuchaytirish uchun bir qator talablarini ma’lum qilgan. “Yuventus” futbolchining dastlabki istagini bajarishga kirishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Krishtianu birinchi navbatda Marseloni xarid qilishni so‘ragan. “Keksa senyora” esa braziliyalik futbolchini xarid qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. “Yuventus” 30 yoshli himoyachi uchun 50 mln yevro to‘lashga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, agar Marselo Turinga ko‘chib o‘tsa, Aleks Sandro katta ehtimol bilan jamoani tark etadi.