Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yurtimizga “Sinovak” vaksinasi olib kelindi

Yurtimizga “Sinovak” vaksinasi olib kelindi

Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida COVID-19ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan “Sinovak” vaksinasi olib kelinishi haqida xabar bergan edik.

❗️Hozirgina Istanbul – Toshkent reysi bilan mamlakatimizga keltirgan “Sinovak” vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati yurtimiz vakillari tomonidan qabul qilib olindi.

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan “Sinovak” vaksinasi mamlakatimizga keltirilgan oltinchi vaksinadir.

Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 673 528 dozani tashkil qilmoqda.

Kiritildi: 09:15 13.10.2021. O'qildi: 1685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!