Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining yana bir partiyasi olib kelindi

Yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining  yana bir partiyasi olib kelindi

Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 526 500 dozalik yana bir partiyasi olib kelindi. Bundan avval ushbu vaksinadan 1 200 000 doza keltirilgan edi.

📌O‘zbekistonga olib kelingan Pfizer/BioNTechning umumiy miqdori 1726 500 dozaga yetdi.

Shunday qilib, yurtimizda emlash boshlanganidan beri keltirilgan vaksina miqdori esa 29 214 488 dozani tashkil qilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni ham Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berilgan.

📌14 oktyabr holatiga ko‘ra, yurtimizda 151 124 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.

Kiritildi: 14:43 18.10.2021. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!