Yurtimizga olib kiriladigan ayrim tibbiy asbob-uskunalar va sarflov materiallari QQSdan ozod etildi
“Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoniga ko‘ra:
📌2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarorida ko‘rsatilgan, yuridik shaxslar tomonidan, jumladan, lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi tibbiy uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlari hamda sarflov materiallari uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati 2025 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.
📌Tibbiy asbob-uskunalar va buyumlarning ehtiyot qismlarini hamda sarflov materiallarini o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlarga asosan, 2025 yil 1 yanvarga qadar yurtimizga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish belgilandi.