Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yurtimizga bu haftada salqin havo oqimi kirib keladi

Yurtimizga bu haftada salqin havo oqimi kirib keladi

Bugun va ertaga O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz quruq va issiq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi.

16 sentyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 17-18 sentyabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg‘irlar faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy me’yordan 5-7 darajaga pastdir.

Sovuq havo fronti o‘tishi natijasida 16-17 sentyabr kunlari respublika bo‘yicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

19 sentyabrda janubi-g‘arbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga ko‘tarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.

Kiritildi: 13:14 14.09.2020. O'qildi: 3054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!