🔸 Aholining investisiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 2 noyabridan boshlab Markaziy bank o‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi. Bu haqda MB axborot xizmati ma’lum qildi.
➡️ Oltin quymalarning namunalari, narxlari va sotib olish shoxobchalari kabi ma’lumotlar bilan Markaziy bankning veb-sayti (https://cbu.uz/oz/banknotes-coins/gold-bars/) orqali tanishishingiz mumkin.