Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar 5 nafarga oshdi

A A A
Yurtimizda koronavirusga chalinganlar 5 nafarga oshdi

2020 yil 16 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2691 (+5) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari xorijdan kelgan fuqaroda aniqlangan. U xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, shu yil 14 may kuni Rossiyadan kelgan. Shuningdek, kasallik 4 nafar oldindan karantinda bo‘lgan navoiylik fuqaroda aniqlangan. 
Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatimizda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda bugungi kunda 522 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 10:02 16.05.2020. O'qildi: 2882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!