Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 2213 kishiga yetdi

A A A
Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni  2213 kishiga yetdi

Xorazm viloyatida navbatdagi 18  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 5 nafari Xorazm viloyatidan,  2 nafardan Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 1 nafardan  esa Toshkent shahri, Samarqand va

Toshkent viloyatlaridan.Ulardan  13 nafar fuqaro Rossiyadan kelgan, jumladan,   2 nafari xalqaro  yuk  tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, 11 nafari charter reyslar orqali yurtimizga olib kelingan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. 5 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 54, yoshi kichigi esa 19 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 210 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 228 nafarga yetdi. Hozirda Xorazmda 5 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun 55 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Kiritildi: 20:23 16.05.2020. O'qildi: 3660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!