Markaziy bank taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 20 291 donani tashkil qilmoqda. Xususan, noyabr oyida mazkur qurilmalar soni jami 585 taga ko‘paygan. Banklar orasida Xalq banki (325 dona) da eng ko‘p o‘sish ro‘y bergan.
Muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni noyabr oyida 1,43 mln. donaga ko‘payib, ularning jami soni 33 mln. 550 ming donaga yetgan.
Eng ko‘p o‘sish Xalq banki (598,0 ming), "Ipak Yo‘li" banki (92,0 ming), ANORBANK (86,0 ming), TBC Bank (61,3 ming) va O‘zsanoatqurilishbank (45,0 ming) da kuzatilgan.
O‘tgan oydagi kabi bu oyda ham terminallar sonida esa kamayish qayd etilgan — 1 294 dona. Ipoteka-bank (-749 ta) va O‘zsanoatqurilishbank (-225 ta) lardan tashqari yana 14 ta bankka tegishli terminallar sonida kamayish qayd etilgan.