Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Yurtimiz bozorlarida narx-navo qanday?

Yurtimiz bozorlarida narx-navo qanday?

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 2 oktyabr kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma’lum bo‘ldi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 35 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (55 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 35 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (35 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (60 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori» va Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahri «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahri dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (1 500) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (5 500) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 5 500 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (5 500 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 5 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da (5 500 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi 18 000 so‘m). 

O‘simlik yog‘i 8 500 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» va Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (8 500) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar 5 000 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori»da (5 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq- ovqat bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori»da (6 500) so‘mdan kuzatildi.

Kiritildi: 12:32 04.10.2019. O'qildi: 2288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!