Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf o‘quvchisi Saidolimxon Jasurbekov Toshkent shahridagi Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti filialida tashkil etilgan Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xalqaro matematika olimpiadasi (XMO) 1959 yildan boshlab 5 — 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etib kelinadi.
Saidolimxon Shayxontohur tumanidagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qigan. 2019 yil avgust oyida Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan qabul test sinovlari yakuni bo‘yicha 46 ball to‘plab, 8-sinf o‘quvchilari safiga qabul qilingan.
Shuningdek, u ixtisoslashtirilgan fanlarni o‘zlashtirishda va mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarida yuqori natijalarga erishmoqda.
“Xalq so‘zi”