Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yuragingizni og‘riyaptimi? Mushuk bilan davolanishga nima deysiz?

Yuragingizni og‘riyaptimi? Mushuk bilan davolanishga nima deysiz?

 

Davolovchi xususiyatga ega hayvonlar yordamida noan’aviy usulda dorilarsiz davolash usuli haqida eshitganmisiz? Bir guruh biologlarning tekshiruvlari natijasiga ko‘ra, bu jonzotlarga ot, it, mushuk, asalari, ilon va delfinni kiritish mumkin ekan. Quyida mushuk bilan davolanish haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Felinoterapiya — mushuklar o‘z xo‘jayinini turli ruhiy buzilishlar, nevroz va depressiv holatlardan xalos etadi. Yurak va hazm a’zolari faoliyatini yaxshilaydi.

* Mushuklar egasining og‘riyotgan joyini sezib, shu yerga yotib oladi.

* Mushuklar o‘zida ma’lum chastotali mikrovibrasion fon (40 gersli davolovchi to‘lqin) hosil qilib, uni egasiga yetkazadi, bu esa moddalar almashinuvini yaxshilashga, depressiya, stress, apatiya kabi belgilarni yo‘qotishga sabab bo‘ladi.

* Bolalar serebral falaji va harakat-tayanch tizimi patologiyalari mavjud bolalarning ham oyoq-qo‘llariga yopishib, biomaydon hosil qilish orqali og‘riqni yo‘qotadi va davolaydi.

* Yungsiz yoki kalta yungli mushuklar oshqozon-ichak trakti va buyrak xastaliklari uchun foydali ta’sir etsa, mayin yungli britaniya, bengal, kartezian turidagi mushuklar miokard infarktini oldindan sezish, yurak og‘riqlarini yo‘qotish va qon bosimini normallashtirish uchun moslashgan.

*  Qora mushuklar egasining salbiy energiyasini ikki barobar ko‘proq tortib olsa, sarg‘ish, ko‘k va kulrang mushuklar tinchlantiruvchi ta’sirga ega.

Aytish joizki, mushuk yungiga allergiyasi bor insonlar Yer shari aholisining 70 foizini tashkil etadi va bu usul bilan davolash ularga taqiqlangan.

Kiritildi: 22:20 23.08.2019. O'qildi: 3730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!