Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yuqtirish oson! Koronavirusning yangi turi aniqlandi

Yuqtirish oson! Koronavirusning yangi turi aniqlandi

Norvegiyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi turi aniqlandi. Bu haqda Tronxeym munisipalitetining bosh shifokori Tuve Resstad "Verdens Gang" gazetasiga xabar berdi.

16-18 oktyabr kunlari Trondxaym shahrida sakkiz nafar mahalliy aholida virusning yangi turi aniqlandi. "Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu virusning Sog‘liqni saqlash vazirligi ilgari Norvegiyada ko‘rmagan yangi variantidir", dedi Resstad.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virus mutasiyasi qanday xususiyatlarga ega ekanligi hali ma’lum emas. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, Trondxaymda koronavirusga chalinish osonlashdi: buning uchun odamlar yaqin aloqada bo‘lishlari shart emas.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Norvegiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 16,5 mingga yaqin koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Mamlakatda 278 nafar bemor vafot etgan.

Kiritildi: 15:32 19.10.2020. O'qildi: 5717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!