Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Yunusobodda yangi qurilayotgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Ma’lum qilinishicha, 13 mart kuni soat 11:08 da Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish ko‘chasida joylashgan, yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yong‘in yuzaga kelayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 11:09 da yetib borib, yong‘in soat 11:16 da qurshab olingan va 11:19 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoning ikkinchi qavatidagi qurilish materiallari yongan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolar va tadbirkorlarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!