Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «S.K.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moddiy javobgar shaxslari xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 233,6 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.