Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yunusobodda bosh shifokorning kirdikorlari fosh etildi

Yunusobodda bosh shifokorning kirdikorlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga zid ravishda 22 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga Respublikada e’lon qilingan karantin vaqtida erkin harakatlanish uchun soxta ma’lumotnoma tayyorlab, maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:22 13.08.2020. O'qildi: 6339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!