Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Yunusobodda ayolni ikki bolasi bilan urib qochgan haydovchi qo‘lga olindi

Yunusobodda ayolni ikki bolasi bilan urib qochgan haydovchi qo‘lga olindi

7 avgust kuni taxminan soat 22:40 larda Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida “Matiz” avtomobili haydovchisi 25 yoshli Munira A.ni bosib ketgan. Ikki yoshli qizchani qo‘lidan ushlab, bir yoshli farzandini esa ko‘tarib olgan ayol yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.

Baxtli tasodif tufayli bolalar jarohat olmagan. Muniraga esa og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan. Haydovchi ayol va bolalarning ahvoli bilan qiziqmay voqea joyidan qochib ketgan. Ularga atrofda befarq bo‘lmagan kishilar tomonidan “tez yordam” chaqirilgan.

Bu holat bo‘yicha JKning 266-modda (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) va 117- modda (“Xavf ostida qoldirish”) ning alomatlari  bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida haydovchi 58 yoshli Ismoil I. qo‘lga olindi. Tergov ishlari davom etmoqda.

Manba: uz24.uz

Kiritildi: 17:35 17.08.2018. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!