Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yunusobod tumanida 590,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Yunusobod tumanida 590,7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.B va boshqalar “Xasanboy” MFY hududida tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani rezina shlang yordamida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 590,7 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:55 24.06.2024. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!