Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

YUNESKO Bosh direktori Buxoroda

YUNESKO Bosh direktori Buxoroda

Kecha, 27 avgust kuni YUNESKO Bosh direktori Odri Azule Buxoroda bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mamlakatda mehmon bo‘lib turgan BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh direktori Odri Azule Buxoro shahriga tashrif buyurib, ushbu osori-atiqalar bilan tanishdi.

Nufuzli tashkilot rahbari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev hamrohligida ko‘hna Ark qal’asini tomosha qildi. Bu yerda joylashgan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasidagi o‘zbek xalqining boy tarixidan guvohlik beruvchi eksponatlar yuqori martabali mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi.

Odri Azule Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai Kalon, Mir Arab madrasasi va Masjidi Kalon yodgorliklarini o‘z ichiga olgan Poyi Kalon majmuasi hamda Mirzo Ulug‘bek madrasasini ham tomosha qildi.

Qadimiy Buxoro hunarmandligi bilan ham jahonga mashhur. YUNESKO Bosh direktori shaharning diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishuv chog‘ida hunarmandlik namunalariga katta qiziqish bildirdi.

YUNESKO Bosh direktori 400 yillik tarixga ega yahudiylar sinagogasiga tashrif buyurdi. Yahudiylarning e’tiqod qilishi va diniy amallarni ado etishi uchun barcha sharoit yaratilgani mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Kiritildi: 09:35 28.08.2019. O'qildi: 1660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!