Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yulduz Usmonova: "Basseynga yalang‘och sakraysan, deyishgandi" (VIDEO)

Yulduz Usmonova: "Basseynga yalang‘och sakraysan, deyishgandi" (VIDEO)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi, deyiladi nashr xabarida.

Yulduz Usmonova suhbat davomida nima sababdan kinodagi faoliyatini yakunlagani haqida gapirib berdi.

O‘sha vaqtlarda ham o‘yin bor ekan-da. «Basseynga yalang‘och holda sakrash kerak», deyishdi. «Men yalang‘och sakramayman», dedim. Xo‘p deyishdi. Xo‘p deya turib, boshqa bir qizni boshiga xuddi menikiday qilib sochiq o‘ratib, xuddi menga o‘xshatib o‘ynatishibdi.

Uni boshqalar sezmayapti, lekin boshqa qiz ekanligini bilib turibman. Men bunaqa ishni xohlamayman, dedim. Rejissyorlarda ham o‘yin ko‘p. Shundan so‘ng kinoda rol o‘ynashni yig‘ishtirdim.

Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti

Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1991 yilda suratga olingan «Temir erkak», 1992 yilda suratga olingan «Olov qa’ridagi farishta», «Bolajon», «Tohir va Zuhra» filmining yangi talqinida suratga tushgan. Bir qancha filmlarda o‘zining rolini o‘zi ijro qilib, ko‘rinish bergan.

Kiritildi: 17:06 30.03.2021. O'qildi: 13694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!