Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yo‘g‘-e?! 2030 yilgacha rossiyaliklarning deyarli yarmi ishsiz qolishi mumkin!

Yo‘g‘-e?! 2030 yilgacha rossiyaliklarning deyarli yarmi ishsiz qolishi mumkin!

2030 yilga kelib, rossiyaliklarning deyarli yarmi (45,5%) raqamlashtirish va avtomatlashtirish tufayli ishlaridan ayrilishi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi RANEPA mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib xabar qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 20,1 million kishi ish joyini tark etishga yoki malakasini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi, chunki ularning tajribasi va bilimlari o‘z dolzarbligini yo‘qotadi.

Tadqiqotga ko‘ra, mehmonxona va restoran biznesi ishchilari eng katta xavf ostida (73%). Bundan tashqari, robotlar ishlab chiqarish vakillarining 60 foizini, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida band bo‘lganlarning 58 foizini, chakana savdoda 53 foizni va tog‘-kon sanoatida 51 foiz o‘rnini bosa oladi.

Kiritildi: 07:24 12.09.2019. O'qildi: 2119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!