Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

YTHga uchragan mast velosipedchi shifoxonada vafot etdi

YTHga uchragan mast velosipedchi shifoxonada vafot etdi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni soat 02:30 larda, Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, A.Navoiy MFY hududidan o‘tgan 4R-56 avtomobil yo‘lining 20-kilometrida, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan O‘.YO. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, qarshisidan, mast holda harakatlanib kelayotgan velosiped haydovchisi, 1969 yilda tug‘ilgan A.T.ni urib yuborgan.

Natijada, velosiped haydovchisi 51 yoshli A.T. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:14 12.09.2020. O'qildi: 1903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!