Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayolning "zamministr'ning ikkinchi xotini" ekanligi tasdiqlandimi?

YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan ayolning "zamministr'ning ikkinchi xotini" ekanligi tasdiqlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori tomonidan to‘xtatilgan bir ayol kishi IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmadan, o‘zini vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini ekanligini aytib janjal ko‘targan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlandi.

2021 yil 30 iyul kuni Uchtepa tumani, KXAY ko‘chasi, Jahon tillari universiteti qarshisida o‘tkazilayotgan maxsus reyd tadbirida YPX inspektori tomonidan oq rangli “Neksiya-3” rusumli davlat raqami 01 X 743 DB bo‘lgan avtoulovga to‘xtash ishorasi berildi, biroq haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan o‘z harakatini davom ettirgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur transport vositasi KXAY va Farxod ko‘chalari kesishmasida to‘xtatildi.

YPX inspektori tomonidan tekshirilganda transport vositasi haydovchisi 1996 yilda tug‘ilgan Ye.Madina avtotransport vositasini texnik qayd etish guvohnomasidan tashqari boshqa hujjatlarni taqdim eta olmagan. Javobgarlikdan qochib qutulish maqsadida Ye.Madina va uning ukasi 1999 yilda tug‘ilgan Ye.Umidlar IIO xodimlarining faoliyatiga to‘sqinlik qilib, janjal ko‘targan.

Ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirildi va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida Ye.Madinaning hech kaysi vazir o‘rinbosariga aloqasi yo‘qligi aniqlandi.

Kiritildi: 11:21 26.08.2021. O'qildi: 10341 marta. Fikrlar soni: 39 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!