Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

YPX xodimi qoidabuzarlikni videotasvir orqali isbotlab berishga majburmi?

YPX xodimi qoidabuzarlikni videotasvir orqali isbotlab berishga majburmi?

So‘ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilayotgan ko‘pgina videolavhalarda, haydovchi YPX xodimidan qoidabuzarlik bo‘lganligini isbotlovchi videotasvir talab etayotganligini, uni ko‘rsatgandan keyin hujjatlarni taqdim etishini aytayotganligini guvohi bo‘lyapmiz.

Xo‘sh, YPX xodimi qanday qoidabuzarlik sodir etilganini aytish bilan bir vaqtda, uni videotasvir orqali shu joyning o‘zida haydovchiga ko‘rsatib, isbotlab berishga majburmi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 01.12.2018 yildagi 975-sonli qarori 14-bandida YPX xodimining o‘z xizmat vazifalarini bajarishdagi majburiyatlari keltirib o‘tilgan. Unda YPX xodimi yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo‘nda tushuntirish berishi kerak ekanligi aytib o‘tilgan

❗️Faqat sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo‘nda tushuntirish berish

O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarining xech birida YPX xodimiga haydovchilarimiz talab qilayotgan, huquqbuzarlikni videotasvirini haydovchiga ko‘rsatib o‘tib keyin ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish kerak degan majburiyat yuklatilmagan. 

Haydovchi tomonidan bunday talab qo‘yilishi o‘z o‘zidan YPX xodimidan majburiyati bo‘lmagan narsani talab qilish va hujjatlarni taqdim etmadi deb hisoblashga asos bo‘ladi. 

Bunday vaziyatda YPX hodimi haydovchini transport vositasini boshqaruvidan chetlashtirish va belgilangan tartibda transport vositasini jarima maydoniga joylashtirish huquqiga ega bo‘ladi va ushbu choralarni ko‘radi.

Tabiiyki bu vaqtda haydovchi qonunlarni tushunmasligi, huquqiy savodhonligi yetarli emasligi oqibatida o‘zini xaq deb biladi va YPX hodimiga qarshilik qilishga harakat qiladi. (ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim videolarda qarshilik qilinayotganligini ko‘rish mumkin)

Natijada haydovchining huquqbuzarligiga yana bir “Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish” huquqbuzarligi qo‘shiladi.

Bunday huquqbuzarlik uchun esa O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 195-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga ma’muriy jazosi belgilangan.

Qonunlarni bilmasdan, internetda ko‘rgan videolardan qonun shu ekan degan hulosaga kelib, YPX hodimi bilan noto‘g‘ri muloqot qilishning oqibati mana shunday oqibatlarga olib kelishi mumkin xurmatli haydovchilar.

Xo‘sh Haydovchi o‘zini qoidabuzarlik qilmadim deb hisoblasa-yu, YPX hodimi qoidabuzarlik sodir etdingiz sizga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiraman desa qanday yo‘l tutish kerak?

1. Aslo videotasvir talab qilib orada ko‘ngilsizlik keltirib chiqarmang. 

2. YPX hodimi bayonnoma rasmiylashtirishi bildirib hujjatlaringizni taqdim etishingizni talab qilsa uning talabini bajaring. 

3. YPX hodimi ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirganda, sizning izohingiz uchun ajratilgan joyda o‘z fikringizni yozib qo‘ying. 
O‘zingizni huquqbuzarlik qilmadim deb hisoblasangiz, huquqbuzarlik qilmadim deb yozasiz.

Siz o‘zingizni huquqbuzarlik qilmadim deb hisoblasangiz va buni ma’muriy bayonnomaga yozganingizda bu ish qonun doirasida, MJtK-245 moddasiga asosan sudda ko‘rib chiqiladi va sudda har ikkala tomon o‘z firklarini keltirib o‘tadi.  

YPX xodimi qilgan qoidabuzarligingizni sizga emas sudda isbotlaydi.

Yakuniy to‘xtamni, sizning qoidabuzarlik qilgan yoki qilmagan ekanligingizni sud hal qiladi.

Kiritildi: 15:05 04.12.2019. O'qildi: 3998 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!