Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi​​​​​​​

Yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi​​​​​​​

Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu borada Prezidentning PQ–210-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, AT «Aloqabank» tomonidan «Yoshlar biznesi» dasturi doirasida 31 yoshga to‘lmaganlarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz to‘lovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.

Bunda sug‘urta polisi ta’minoti yoki 3-shaxs kafilligi asosida 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar bo‘yicha ajratish:

  • yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi bo‘yicha o‘qish xarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 mln so‘mgacha;
  • zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) do‘konlar tashkil etish va o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun – 50 mln so‘mgacha;
  • kasanachilik, to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun – 50 mln so‘mgacha;
  • novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalarga – 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarzlar ajratish reja qilinmoqda.
Kiritildi: Bugun 15:04. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!