Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘i talon-toroj qilindi

“Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘i talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi “D.” MCHJ rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ishlab chiqarish uskunasini xarid qilish uchun ajratilgan 1,6 mlrd so‘m imtiyozli kreditni AQSh dollariga konvertasiya qilish orqali xorij korxonasiga chiqarib, aslida o‘rnatish xarajatlari bilan birga 66 000 AQSh dollari bo‘lgan qog‘oz ishlab chiqarish uskunasini go‘yoki 200 850 AQSh dollariga xarid qilinganligi haqida hujjatlarni rasmiylashtirib, byudjetning 944 mln so‘m mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Departament matbuot xizmati "Aniq.uz"ga xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 207-moddasi 1-qismi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:03 26.02.2021. O'qildi: 1559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!