Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yopib tashlash kerak bu kushxonalarni!

Yopib tashlash kerak bu kushxonalarni!

Ukam aytib bergandi:

«Diskotekada raqs tushayotsam, ustimga kimdir o‘zini otdi. Nimqorong‘ida kimligini anglolmay, itarib yubordim. Yiqilib tushdi.

Birdan atrof qiy-chuv bo‘pketdi. Chiroq yondi va qarasam, haligi yigit yerda qonga belanib yotibdi. Meniyam ust-boshim qon. Kimdir yigitni pichoqlab, ustimga irg‘itgan.

Bir pasda milisiya keldi, olib ketishdi. Tergovchiga bor gapni aytdim. Ishongandek bo‘ldi.

– Ukam, duo qil, bola tirik qolsin. Kim pichoqlaganini o‘sha aytishi mumkin. O‘lib qolsa, ketding, – dedi tergovchi.

Yigit tirik qoldi.

Ertalabgacha milisiya pichoqlagan odamni topdi. Yigitlar qiz talashib urishib ketishgan ekan.

Alam qiladigani, o‘sha qizlarning narxi – ikki shisha pivo».

Ukam bu voqeani ancha vaqt o‘tib, diskotekalarga bormay qo‘ygach aytib bergandi.

Yopib tashlash kerak bu kushxonalarni!

Shahnoza TO‘RAXO‘JAYEVA

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:24 12.08.2018. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!