Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Yirik asteroid Yerdan 6 mln km. uzoqlikda o‘tib ketdi

A A A
Yirik asteroid Yerdan 6 mln km. uzoqlikda o‘tib ketdi

Diametri 550 metr atrofidagi 1998 HL1 asteroidi 25 oktyabr kechasi Yerdan 6,21 mln. km. uzoqlikda o‘tib ketdi. Bu Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan o‘n karra uzoqroq.

Garchi asteroid shuncha uzoqdan o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, NASA 1998 HL1 ni sayyoramiz uchun potensial xavf tug‘diruvchi osmon jismlari toifasiga kiritgan. Ushbu asteroid yana qaytadi, agentlik xabariga ko‘ra, bu voqea 2140 yilning oktyabr oyida 6,1 mln. km. uzoqlikda sodir bo‘ladi.

Shu tobgacha olimlar o‘lchamlari 140 metrdan katta bo‘lgan, Yerga 7 mln. kilometrgacha yaqinlashuvchi 8 mingta atrofida asteroidni aniqlashgan. NASA sayyorashunosi Lindli Jonsonning aytishicha, o‘lchamlari 20 metrgacha bo‘lgan va hali aniqlanmagan asteroidlar soni bir necha milliontaga yetishi mumkin.

Kiritildi: 17:44 26.10.2019. O'qildi: 2893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik