Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Yilning eng yaxshi goli uchun beriladigan Pushkash sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

Yilning eng yaxshi goli uchun beriladigan Pushkash sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

FIFA rasmiy saytida yilning eng yaxshi golini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi.

Unda Ferens Pushkash nomidagi mukofot uchun quyidagi nominantlar ovozga qo‘yilgan: Mateus Kunya («RB Leypsig»), Zlatan Ibrahimovich («Los-Anjeles Gelaksi»), Lionel Messi («Barselona»), Xuan Kintero («River Pleyt»), Fabio Kualyarella («Sampdoriya»), Endros Taunsend («Kristal Pelas»), Daniel Jori («Debresen»), Billi Simpson («Kliftonvill Ledis»), Emi Rodriges («Yuta Royalz»), Adjara Nchut (Kamerun terma jamoasi).

Ovoz berish jarayoni 1 sentyabrga qadar davom etadi.

Eng ko‘p ovoz to‘plagan uch futbolchi oxirgi bosqichga chiqadi, ular urgan gollar orasidan FIFA afsonalari eng chiroylisini tanlab oladi.

2018 yilda mukofot «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga nasib etgandi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA iyul oyi oxirida yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar o‘nligini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 20:15 19.08.2019. O'qildi: 2034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!