Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Yashash uchun dunyodagi eng qimmat mamlakatlar o‘ntaligi

Yashash uchun dunyodagi eng qimmat mamlakatlar o‘ntaligi

Shveysariya yashash uchun dunyodagi eng qimmat davlatlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. Mamlakat ushbu ro‘yxatda bir necha yildan beri yetakchilik qilmoqda. Kuzatuv RBK mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida ko‘chmas mulk narxi, kommunal to‘lovlar va transport xarajatlari, asosiy iste’mol xarajatlari tahlil asosi qilib olindi.

1. Shveysariya

Shveysariyada shahar markazidan ko‘chmas mulk sotib olish uchun anchagina mablag‘ kerak bo‘ladi, 1 kvadrat metr uchun - 10-11 ming dollar sarflash kerak. Hatto shahar chekkarog‘ida ham 1 kv. m. uchun 8 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi. Shu sababli mamlakatning ko‘pchilik aholisi uy sotib olishmaydi, ular ijarada yashaydi, shunisi foydaliroq.

Ijarada yashash oyiga o‘rtacha ikki ming dollarni tashkil qiladi. Avtomobilga turar joy sotib olish uchun yiliga 600 – 1000 dollar talab etiladi. Oylik ish haqqi mamlakatda judayam yuqori, biroq soliqlar ham kam emas - 25 foiz. 

2. Islandiya

Ikkinchi o‘rinni Islandiya band etdi. “Jahon mamlakatlari global indeksi – 2018” ko‘rsatkichiga ko‘ra – bu yer dunyodagi eng xavfsiz mamlakat. Biroq Islandiya ko‘chmas mulk va oziq-ovqat mahsulotlari narxining qimmatligi bilan ham yaxshi tanilgan. Misol uchun, restoranda ikki kishilik “biznes – lanch” tushlik kamida 100 dollar bo‘ladi. Shahar markazida yashash joyining 1 kv. m. 4 ming dollardan ortiqroq baholanadi.

3. Norvegiya

Uchinchi o‘rinni Norvegiya band etdi, 2018 yil yakuniga ko‘ra bu mamlakat eng baxtli mamlakatlar orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Norvegiyada shahar markazida ijarada yashash – oyiga 1200 dollardan ortiqroqni  tashkil etadi. Shaxsiy ko‘chmas mulk sotib olish uchun 1 kv. m. uchun 6500 – 9000 dollargacha to‘lash kerak bo‘ladi.

Haqiqatdan, oylik ish haqqi ham mamlakatda juda yuqori. Masalan, IT-mutaxassislari va neft qayta ishlash sohasi mutaxassislari o‘rtacha 15 mingdan 20 ming dollargacha olishadi. Biroq mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari qimmat. Ular asosan import mahsulotlardan iborat.

4. Bagama orollari

Bu yerda import va brend tovarlar hisobiga yuqori turmush darajasi kuzatiladi.  Kommunal to‘lovlar uchun oyiga deyarli 300 dollar to‘lash kerak, ijaraga olingan uy uchun 800 dollardan 1200 dollargacha to‘lash zarur bo‘ladi.

5. Lyuksemburg

Shaxsiy yashash kvadrat metri 7500 dollar turadi, ijaraga olingan kvartira uchun 1200 – 1650 dollargacha to‘lash kerak bo‘ladi. Jismoniy shaxslar uchun soliq 39 foizni tashkil qiladi, o‘rtacha oylik ish haqqi – 4 ming dollar.

6. Yaponiya

Tokioda yashash uchun ijara haqqi 400 – 1300 dollarni tashkil qiladi, juda kam yashash maydoni uchun. Shaxsiy kvartira sotib olish – o‘rtacha 10 barobar qimmat. O‘rtacha ish haqqi – oyiga ikki ming dollarni tashkil qiladi.   

7. Daniya

Mamlaktda o‘rtacha daromad 5 ming dollar hisoblanadi. Bir kvadrat metr yashash maydoni narxi ham 5 ming dollarni tashkil qiladi.

8. Gonkong

 O‘rtacha olik ish haqqi 2 – 3 ming dollar, jismoniy shaxslar uchun soliq – 15 foiz. Yashash uchun ijara haqi esa oyiga 1800 dollar. Shaxsiy ko‘chmas mulk sotib olish uchun 1 kv. m. uchun 20 ming dollar (!) to‘lash kerak bo‘ladi.

9. Janubiy Koreya

Kichkinaroq yashash joyini oyiga 300 – 900 dollarga ijaraga olsa bo‘ladi. Shaxsiy ko‘chmas mulk sotib olish uchun 1 kv. m. uchun 4 ming dollardan ortiqroq to‘lov qilish kerak bo‘ladi.

10. Irlandiya

Ijaraga olingan kvartira oyiga 1500 dollarga tushadi. Shaxsiy ko‘chmas mulk sotib olish 1 kv. m. uchun 5600 dollar bo‘ladi. Ushbu mamlakatda oylik ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar o‘ziga yarasha katta. Masalan, o‘rtacha nafaqa puli – 1800 dollarni tashkil etadi.

Kiritildi: 21:45 16.08.2019. O'qildi: 4596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!