Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yasama (ulama) soch taqishning hukmi qanday?

A A A
Yasama (ulama) soch taqishning hukmi qanday?

Muhammad Usmon Shabir bu masalaning eng nozik tomonlarigacha batafsil o‘rganib chiqqach, quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan:

  • Agar ayolning sochiga ulangan narsa tabiiy jundan bo‘lib, ko‘rgan odam uni haqiqiy soch deb o‘ylaydigan bo‘lsa, u qil bo‘ladimi, yungdan yigirilgan yoki boshqa bo‘ladimi, harom hisoblanadi. Ulamaning harom bo‘lish omili aldov vujudga kelgani hisoblanadi.
  • ulama tabiiy sochga o‘xshamasa va kishi bir qarashdayoq uning yasama ekanini farqlasa, aldov yuzaga kelmagani bois, harom hisoblanmaydi.
  • Sochga turli rangdagi latta va shunga o‘xshash jamalk va sochpopuk kabi narsalarga ulama ulama deb qaralmaydi, hadisda kelgan qaytariqqa ham kirmaydi.[1]

Tabiiy soch ekishning shar’iy hukmlari

Kishilar ko‘p hollarda yigirma yoshdan keyin soch to‘kilishi muammosidan aziyat chekadilar. Soch to‘kilishi oqibatida, boshning hamma qismi yaltirab qoladi. Aksariyat hollarda, irsiy, turli ijtimoiy omillar ta’sirida turli darajadagi tepakallik kuzatiladi.

Mana shu sabab, kishilar soch ektirish amaliyotiga murojaat qiladilar. Bunday jarrohlik amaliyotlari bugungi kunda eng xavfsiz va soch to‘kilishi muammosini bartaraf etishda faol amaliyotlardan hisoblanadi.

Bu amaliyotda, birinchi boshning orqasidagi soch ko‘p bo‘lgan sohadan tirik soch ildizlari (piyozchalari) belgilab olinadi. Keyin soch ko‘chiriladigan soha anesteziyalagandan (narkoz urilgach) keyin odatda, hech qanday og‘riq sezilmaydi. Soch ildizlarini chiqarib olish bir necha soat davom etishi mumkin.

Kerakli soch ildizlari ajratib olingan bosh sohasi yopiladi. Og‘riqsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida, keyin soch ekiladigan qism anesteziyalanadi.

Soch ildizchalarini o‘tqazish uchun bosh terisining tubiga, sterillangan va o‘ta nozik tibbiy asboblar yordamida yo‘l ochiladi. Soch ektirgan kishi amaliyotning ertasi kuni uyiga ketishi mumkin. Uch-to‘rt oy o‘tgach, boshga ekilgan ildizlardan soch o‘sadi va tabiiy darajada davom etadi. Uni kesish mumkin, alohida parvarish va davo shart qilinmaydi.[2]

Soch ekishning hukmi

Kallikdan aziyat chekadigan kishining bu yo‘l bilan davolanishi shar’an joiz. Sochni jarrohlik amaliyoti yordamida ko‘chirib o‘tkazish qaytarilgan soch ulash masalasiga kirmaydi. Chunki bu insonning o‘z sochini o‘z tanasida o‘stirib amalga oshiriladi, bunda birovning sochi ulash holati yo‘q.[3]

Zebunniso Qutbiddin qizi

Kiritildi: 17:45 18.05.2021. O'qildi: 8399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!