2023-yil yanvar-iyun oylarida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 33 911 ta yuridik shaxs tomonidan 3,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 546,1 mlrd so‘mi, ya’ni 13,8 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 5,2 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 33,1 mlrd so‘m.
Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.
Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:
QQS – 238 mlrd so‘m;
foyda solig‘i – 123,5 mlrd so‘m;
JSHODS - 75,5 mlrd so‘m;
ijtimoiy soliq - 72,3 mlrd so‘m;
er solig‘i - 13,8 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i - 13 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar - 10 mlrd so‘m.