Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yarim-yalang‘och ayollarni "Lasetti"da sayr qildirgan erkak jazolandi

Yarim-yalang‘och ayollarni "Lasetti"da sayr qildirgan erkak jazolandi

Joriy yilning 26 fevral kuni soat taxminan 02:00 larda Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi bo‘ylab haydovchi J.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli 01 J 299 HA davlat raqam belgili transport vositasida ikki nafar fuqaro avtomashinaning lyuk qismidan tana qismini chiqargan holatda harakatlangan. Ushbu holat atrofdagi noma’lum fuqarolar tomonidan videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan. 
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi va qoidabuzarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, haydovchi boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli transport vositasining yon oldi oynalari tegishli ruxsatnomasiz qoraytirib olinganligi ma’lum bo‘ldi va o‘rnatilgan tartibda bayonnomaga kiritilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.
 

Kiritildi: 16:15 27.02.2020. O'qildi: 13318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!