Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Yarim tun dahshati: Andijonda erkaklar ayol kishining uyiga bostirib kirdi

Yarim tun dahshati: Andijonda erkaklar ayol kishining uyiga bostirib kirdi

2021 yilning 08 yanvar kuni soat 02:00 larda ikki nafar noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiyib olgan holda  Qo‘rg‘ontepa tuman Nurli yog‘du MFY.,da yashovchi 60 yoshli Saxodat A.,ning yashash xonadoniga kirish eshigi oynasini sindirib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, pichoq bilan xonadon egasiga hujum qilib, unga hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qo‘l va oyoqlari hamda og‘zini skoch yordamida bog‘lab, quloqlaridagi 1 juft narxi 700.000 so‘mlik sirg‘asini, qo‘lidagi 1 dona narxi 300.000 so‘mlik uzugini talon-toroj qilib, hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringanlar.

Mazkur holat yuzasidan  Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 26 yoshli Umidjon M. xamda 38 yoshli Maqsadjon A.,lar sodir etganligi aniqlanib, jinoyatchilarni birining yashash uyi tintuv qilinganda, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 1 juft ayollar sirg‘asi, 1 juft qo‘lqop ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Umidjon M. va Maqsadjon A.,lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 10:00 19.01.2021. O'qildi: 7117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!