Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati 1/4 finalida penaltilar seriyasi natijasiga ko‘ra Rossiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi.(2:2, 4:3 penaltilar seriyasida).
Shu tariqa, Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionati yarim finalida Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da, Moskvadagi "Lujniki" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Yarim finalning yana bir juftligida Fransiya hamda Belgiya terma jamoalari bahs olib borishadi. Ushbu o‘yin 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da o‘tkaziladi.
Manba: kun.uz