9 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, qaytarilganlardan:
Saudiya Arabistonidan — 17 963 nafar,
Birlashgan Arab Amirliklaridan — 3 290 nafar,
Erondan — 47 nafar,
Qatardan — 378 nafar,
Bahrayndan — 27 nafar,
O‘mondan — 7 nafarni tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Ayni paytda repatriasiya ishlari asosan fuqarolik aviasiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan davlatlar orqali amalga oshirilmoqda.