Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashuvi ko‘plab xalqaro aviakompaniyalarni mintaqaga parvozlarni to‘xtatishga yoki mojaro zonasi ustidagi havo bo‘shlig‘idan qochishga majbur qildi.
Bunday qaror allaqachon dunyoning 20 dan ortiq yirik aviatashuvchilari tomonidan qabul qilingan.
Gresiyaning Aegean Airlines aviakompaniyasi 29 martgacha Beyrutga reyslarini bekor qildi, Jazoirning Air Algerie aviakompaniyasi esa keyingi ogohlantirishgacha parvozlarni bekor qildi. BAAning Air Arabia aviakompaniyasi faqat 9 yanvardan boshlab Livan poytaxtiga parvozlarni tiklaydi. Latviyaning AirBaltic Tel-Avivga kamida 28 yanvargacha uchmaydi.
Air France va KLM aviakompaniyalari Tel-Aviv va Beyrutga parvozlarni taqiqlashni mos ravishda yil oxirigacha va 5 yanvargacha uzaytirdi. Ularning loukoster Transavia tashuvchisi Tel-Aviv, Amman va Beyrutga parvozlarni mart oyi oxirigacha bekor qildi. Air India, Gonkongning Cathay Pacific va Turkiyaning Corendon Airlines aviakompaniyalari ham Isroil bilan parvozlarni to‘xtatdi.
Delta, EasyJet, British Airways, Iberia, Vueling, Lufthansa, Ryanair kabi Amerika va Yevropaning yirik aviakompaniyalari Tel-Aviv va mintaqaning boshqa shaharlariga bir necha oydan ikki yilgacha bo‘lgan muddatga parvozlarni amalga oshirishdan bosh tortdi. Eron va Iroq aviakompaniyalari Beyrutga parvozlarni noma’lum muddatga bekor qildi.