Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Yaponlar temir yo‘llarni qordan tozalashda sun’iy ongdan foydalanishni rejalashtirmoqda

Yaponlar temir yo‘llarni qordan tozalashda sun’iy ongdan foydalanishni rejalashtirmoqda

Yaponiyaning West Japan Railway temir yo‘l kompaniyasi yo‘llarni qordan tozalash samaradorligini oshirish va "sinkansen" tezyurar poyezdlarini himoyalash uchun sun’iy ongdan foydalaniluvchi tizimni yaratmoqchi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.

Hozirda operatorlar meteorologik xabarlar asosida yo‘llarni qordan tozalashga safarbar etiladigan ishchilar sonini aniqlashiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Ishlab chiqiladigan tizim real vaqt rejimida temir yo‘llardagi va poyezd ustiga to‘plangan qor to‘g‘risida hamda yaqin vaqt ichida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot yig‘adi va qaysi uchastkaga necha kishi kerak bo‘lishini aniqlab beradi.

Tizim yil oxiriga qadar taqdim etilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:17 26.01.2020. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!