Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Abening qotili psixiatrik tekshiruvdan o‘tkaziladi

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Abening qotili psixiatrik tekshiruvdan o‘tkaziladi

Nara prefekturasi sudi Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening qotilini ruhiy holatini tekshirish uchun 29 noyabrgacha hibsga olishga ruxsat berdi, deya xabar bermoqda Kyodo tergovga yaqin manbaga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sudning 41 yoshli Tesuya Yamagamini psixiatrik ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori sudlanuvchining muomala layoqati masalasi sud jarayonida asosiy masalaga aylanishi kutilgan sharoitda qabul qilingan. Shu bilan birga, Yaponiya Jinoyat kodeksida muomala layoqati cheklangan shaxslarga nisbatan yengilroq jazo qo‘llanilishi, qilmishi aqldan ozganlik bilan oqlanganlar esa jazolanishi mumkin emasligi qayd etilgan.

8 iyul kuni Yamagami Nara shahrida nutq so‘zlayotganda Abega ikki marta o‘q uzdi. Keyinroq sobiq bosh vazir kasalxonada vafot etdi. Yamagami jinoyat joyida hibsga olingan.

Kiritildi: 12:13 24.07.2022. O'qildi: 1996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!