Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyaliklar eski smartfonlardan olimpiyada medallarini yaratishadi

Yaponiyaliklar eski smartfonlardan olimpiyada medallarini yaratishadi

Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarining g‘oliblariga taqdim etiladigan medallar elektron chiqindilardan qilinadi. Sovrinlarni yaratish uchun qimmatbaho metallarni o‘zida jamlagan 47,5 tonna eski elektronika kerak bo‘ladi: smartfonlar, raqamli kameralar, portativ kompyuterlar va noutbuklarb deydi fazo.tv .

Foydalanilmaydigan gadjetlar 2017 yil aprelidan boshlab butun mamlakat bo‘ylab to‘plandi. Buning uchun 4 mingga yaqin qabul punktlari tashkil etildi. Ikki yildan kamroq muddat ichida yaponiyaliklar 5 millionga yaqin jihozni topshirdilar. To‘plam rasmiy ravishda 31 martda nihoyasiga yetadi.

2018 yil oktabr holatiga bronza uchun rejasi taxminan 2700 kg 100% ni tashkil etadi. Kumush 3500 kg chiqarildi (4,100 kg), oltin 28,4 kg (kerakli 30,3 kilogrammdan) chiqarildi. Kutilganidek, medallarning yakuniy dizayni shu yozda taqdim etiladi.

Dasturning maqsadi jamoatchilik e’tiborini 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlariga jalb etish hamda atrof-muhit masalalari to‘g‘risida xabardorlikni oshirishdan iborat. Musobaqalar 2020-yil 24 iyuldan 9 avgustgacha Tokioda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:00 20.02.2019. O'qildi: 1446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!