Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yaponiyadagi «Maysak» to‘foni sabab harorat rekord darajada isidi

Yaponiyadagi «Maysak» to‘foni sabab harorat rekord darajada isidi

“Maysak” to‘foni Yaponiyada yuqori darajadagi issiq harorat keltirib chiqardi. NHK telekanalining xabar berishicha, 3 sentyabrda Xonsyu orolidagi Niigata prefekturasida harorat rekordi qayd qilindi.

Prefekturadagi Sandzyo shahrida harorat 40,4 darajagacha isigan. Mahalliy metereologlarning ta’kidlashicha, bungacha sentyabrda bunday yuqori haroratlar qayd qilinmagan. Ular buni Xitoy sharqiga yopirilgan “Maysak” superto‘foni bilan tushuntirishgan. To‘fon janubdan issiq havoni keltirgan va buning natijasida Yaponiya ustida issiq havo oqimlari yuzaga kelgan.

Bundan tashqari, Taynay shahrida (Niigata prefekturasi) harorat 40 darajagacha, Suruokada (Yamagata prefekturasi) 39,1 darajagacha, Vadzimada (Isikava prefekturasi) esa 38,6 darajagacha ko‘tarilgan. Yaponiyada namgarchilik darajasi yuqori bo‘lgani sababli bunday haroratlar og‘ir o‘tkaziladi.

Kiritildi: 17:59 04.09.2020. O'qildi: 2075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!