Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiyada o‘z joniga qasd qilayotgan bolalar soni ortmoqda

Yaponiyada o‘z joniga qasd qilayotgan bolalar soni ortmoqda

Dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanuvchi Yaponiyada bolalar orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichlari eng yuqori darajaga yetdi, deya xabar bermoqda “Evronyus”.

Ta’lim vazirligi o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili 415 nafar bola o‘zini o‘ldirgan. Ular orasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan tortib lisey o‘quvchilarigacha bor. 2020 yilda qayd etilgan holatlar bir yil avvalgidan qariyb yuztaga ko‘p bo‘lib, 1974 yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Bundan tashqari, maktablarda davomatda ham oqsashlar kuzatilyapti. Jumladan, 196 127 o‘quvchi o‘ttiz kundan ortiq vaqt mobaynida darslarga qatnashmagani aniqlandi.

Ta’lim vazirligi mutaxassislarining aytishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli maktab va uydagi tartibning o‘zgarishi bolalarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Umuman, Yaponiya o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi.

Kiritildi: 08:11 17.10.2021. O'qildi: 2839 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!