Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiyada "milliy inqiroz" kuzatilmoqda

Yaponiyada "milliy inqiroz" kuzatilmoqda

Yaponiya dunyodagi eng keksa jamiyatdan iborat davlat hisoblanadi. 2050-yilga kelib aholisining 35 foizi 65 yoshdan oshishi kutilmoqda. Bu trend iqtisodiy o‘sishni va mamlakat moliyasini qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin.

Koronavirusning tarqalishi odamlarning farzandli bo‘lishga va bolalarga g‘amxo‘rlik qilishga jur’at qilmasliklariga sabab bo‘lmoqda.

Yaqinda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada iyul oyiga qadar oxirgi uch oyda homiladorlik ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 11,4 foizga, nikohlar esa 36,9 foizga kamaygan.

Sobiq bosh vazir Sindzo Abe  holatni "Milliy inqiroz" deb atamoqda. Holat Yaponiyada bolalar tibbiyoti kelajagiga ham soya solishi mumkin.

Yaponiya iqtisodiyoti 2024-yilgacha pandemiyadan oldingi darajaga qaytmasligi mumkin. Bu esa yaponlarning turmush qurish rag‘batiga jiddiy ta’sir qiladi.


 

 

Kiritildi: 20:01 28.10.2020. O'qildi: 2653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!