Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Yaponiyada kuchli yomg‘irdan olti kishi vafot etdi

Yaponiyada kuchli yomg‘irdan olti kishi vafot etdi

Isikava prefekturasida rekord darajadagi jala oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, ikki kishi bedarak yo‘qoldi va yana 8 kishi bilan aloqa uzilgan, deb xabar berdi NHK.

Ria Novosti agentligi xabariga ko‘ra, Nakaya tunnelida ko‘chki sodir bo‘lgan va 10 kishi tashqariga chiqa olmagan. Ulardan ikkitasi vafot etdi. Bundan tashqari, qulagan uy ostidan inson jasadlari topilgan. Daryo yaqinida bir kishining jasadi topildi.

Tabiiy ofatdan ayniqsa Noto, Vadzima va Sudzu shaharlari qattiq jabrlangan. Bu shaharlar shu yilning 1 yanvarida sodir bo‘lgan zilziladan ham jiddiy zarar ko‘rgan edi.

Dam olish kunlarida Isikava prefekturasining 7 shahar va qishlog‘ida 131,4 ming kishi evakuasiya qilindi.

Shanba kuni Vadzima shahrida rekord miqdorda yomg‘ir yoqqaani ma’lum bo‘ldi. Aniqrog‘i, bu yerda 24 soat ichida yoqqan yomg‘ir miqdori 300 millimetrni tashkil etgan. Bu 1975 yildan beri qayd etilgan rekorddir. Sudzuda 24 soat ichida 200 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘di. Yakshanba kuni ham yomg‘ir yog‘di.

Kiritildi: 22:10 23.09.2024. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!