Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yaponiyada kuchli yomg‘ir fojiaviy oqibatlarga olib keldi

Yaponiyada kuchli yomg‘ir fojiaviy oqibatlarga olib keldi

Kyodo News manbasiga ko‘ra, kuchli yomg‘ir Yaponiyaning janubidagi Kumamoto va Kagoshima prefekturalarida toshqin va ko‘chkilarni keltirib chiqardi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kishi vafot etgan. Bundan tashqari, Kumamoto prefekturasidagi qariyalar uyida 14 kishining tanasi hayot alomatlarisiz topilgan. To‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan.

Kuchli yomg‘ir tufayli Kuma-Gava daryosi to‘lib-toshdi, suv uylarni va ko‘priklarni yuvib ketdi. Janubiy aholi punktlarining ko‘p aholisi uylarining tomlarida evakuasiya qilishlarini kutishga majbur bo‘lishgan.

Channel News Asia telekanaliga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe toshqinni yengishda yordam beradigan 10 ming askarni tayyorlashni buyurdi. Uning ta’kidlashicha, yakshanba kuniga qadar yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Kiritildi: 14:40 04.07.2020. O'qildi: 2631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!