Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyada delta-shtamm o‘z-o‘zidan yo‘qoldi, olimlar hayron...

Yaponiyada delta-shtamm o‘z-o‘zidan yo‘qoldi, olimlar hayron...

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinish holatlari so‘nggi 3 oy ichida kuniga 26 ming kishidan 45 kishigacha kamaygan.

Ushbu hodisani o‘rganishga kirishgan olimlar koronavirusning delta-shtammi o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketayotganini aniqlashdi.

Biroz oldin, Yaponiyaning Niigata universiteti professori Isuro Inoue Yaponiyada aylanib yurgan koronavirusning delta-shtammi o‘zining bir genida haddan ortiq mutasiyalar jamlashi oqibatida “o‘zini o‘zi to‘g‘rilash” xususiyatini yo‘qotgan va o‘z o‘zidan yo‘q bo‘lib ketganini ma’lum qilgan edi.

Olim aytishiga qaraganda, o‘zgarishlarning aksariyati virusning nsp14 nomli oqsili genining A394V bo‘linmasida paydo bo‘lgan. Virus o‘z genidagi defektlarni tuzatishga urinish jarayonida ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan.

Kiritildi: 16:17 25.11.2021. O'qildi: 3419 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!