Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Yaponiyada 2023 yilda 21 818 ta o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan

Yaponiyada 2023 yilda 21 818 ta o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan

Yaponiyada 2023 yilda 21818 ta o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan bo‘lib, shundan 1010 tasi talabalar orasida. Buni Yaponiya milliy polisiya agentligi e’lon qilgan dastlabki statistik ma’lumotlar tasdiqlaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda o‘z joniga qasd qilishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 63 taga kamaygan. Shu bilan birga, o‘z joniga qasd qilish holatlari erkaklar o‘rtasida 14 854 ta, ayollar o‘rtasida 6 964 ta holat qayd etilgan. O‘quvchilar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish oqibatida vafot etganlar soni 1010 nafarni tashkil etadi, shundan 507 nafari boshlang‘ich, o‘rta va lisey o‘quvchilari orasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilishning asosiy uchta sababi - sog‘liq muammolari, yashash va mehnat sharoitlari.

2023 yilda o‘z joniga qasd qilish statistikasi e’tiborni tortdi, chunki bu ko‘rsatkich 1980 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

Kiritildi: 15:50 27.01.2024. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!