Yaponiya valiahd shahzodasi Fumixito va uning oilasi a’zolari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiy xodimlarga himoya kiyimlari tikdi.
Himoya kiyimlarini tikishda imperator saroyi boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etgan.
Shahzoda Yaponiya shifoxonalarida himoya kiyimlari taqchilligi ma’lum bo‘lgandan keyin ularni tikishga bel bog‘lagan.
Kiyimlarga koronavirusga qarshi kurashayotgan barcha tibbiy xodimlarga minnatdorlik so‘zlari bildirilgan yozuvlar biriktirilgan bo‘lgan.
54 yoshli Fumixito 2019 yil aprelda o‘z xohishiga ko‘ra taxtdan ketgan imperator Akixitoning kenja o‘g‘li va hozirda hukmronlik qilayotgan imperator Naruxitoning ukasi hisoblanadi.