Yaponiya hukumati Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni kengaytirib, “qora ro‘yxat”ga yana 90 nafar shaxs va tashkilotni qo‘shdi.
Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Grigorenko, Sergey Roldugin, viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov va Xerson viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Vladimir Saldo yangi cheklovlar ostida qoldi.
Avvalroq NHK telekanali Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaga tayanib, Tokio yaqin kelajakda Rossiyaning 160 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarini sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.