London chekkasidagi botanika bog‘iga tashrif buyurganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda imperator Qirollik tomonidan uyushtirilgan ziyofatda 1980 yillarda o‘zi tahsil olgan Oksford universiteti haqida gapirib shunday dedi:
– Menda xotiralar maskaniga qaytish kuchli taassurot qoldirdi. Buyuk Britaniya Masako (imperatorning ayoli) uchun ham hissiy ahamiyatga ega, shuning uchun ham tashrifdan mamnunman.
Botanika bog‘iga borishdan oldin Naruxito “Vindzor” qasridagi Avliyo Jorj ibodatxonasiga tashrif buyurdi va marhum qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp qabriga gul qo‘ydi.
– Ularning men uchun qilgan barcha yaxshiliklari va mehribonliklari uchun minnatdorman. Shahzoda Uilyam kabi Britaniya qirollik a’zolari bilan do‘stligimizni qayta tiklaganimdan mamnunman, -dedi u.